TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. Xitoy yangi turdagi koronavirusning avj olishi sabab mamlakatda yovvoyi hayvonlar savdosini taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yovvoyi hayvonlar ko‘paytiriladigan barcha joylarni ajratishni talab qilingan. Yovvoyi hayvonlarni olib chiqishga, tashishga va sotishga qat’iy taqiq qo‘yilgan.
Qishloq bozorlarida, umumiy ovqatlanish muassasalarida va elektron tijorat platformalarida yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishning barcha turdagi shakllariga qat’iy taqiq joriy etilgan.
Xitoy hukumati iste’molchilarni yovvoyi hayvonlarning go‘shtini iste’mol qilish sog‘liqqa tahdid solayotganini anglashlari lozimligi haqida ogohlantirgan va sog‘lom ovqatlanishni tavsiya qilgan.
“Jenmin jibao” gazetasi xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus 90 foizga Chjeszan provinsiyasidagi Chjoushan shahridagi yashovchi ko‘rshapalaklar organizmidagi koronavirusga o‘xshashligini aniqlashganini xabar qilgan edi.
So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, faqat Xitoyning o‘zida 1975 nafar kasallanganlar haqida ma’lum, ulardan 56 nafari vafot etgan.