Jirinovskiy yangi koronavirusni AQSh fitnasi bilan bog‘ladi

Virus hozirda Xitoy chegarasidan tashqarida ham tarqalgan, zaharlanish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh va Tailandda qayd etilgan. Singapur, Gongkong va Avstraliyada ushbu virusga chalinganlik gumoni bilan bemorlar kuzatuvga olingan
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Xitoyda qayd etilgan yangi koronavirus paydo bo‘lishini AQSh fitnasi bilan bog‘ladi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Diplomatik vakolatxonalar o‘z fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilolmayapti

‪"Barcha mintaqalarda (koronavirus, – tahr.) tarqalmoqda, barchasida. Bu chindan ham grippning yangi turimi yoki fitna? Masalan, AQSh fitnasi. Iqtisod. Amerikaliklar ular Xitoydan o‘zib keta olmaslikdan yoki ularga teng kela olmaslikdan qo‘rqishadi", - dedi Jirinovskiy Tatyana kuni munosabati bilan Jahon sivilizatsiyalari institutida talabalar va o‘qituvchilar bilan uchrashuvda.

Uning aytishicha, bu amerika tomonidan amalga oshirilayotgan birinchi fitna emas, bir oy davomida hammasi tinchiydi.

"Bu fitna edi. Dorilar sotildi, kimdir milliarderga aylandi. Ular asosan Shveysariyada istiqomat qilishadi", – deb xotima qildi Jirinovskiy.

O‘tgan yilning oxirida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi Uxan shahrida noma’lum kasallik tarqalayotgani haqida xabar berishgan edi. Kasallik keyinchalik koronavirusning yangi turi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu dardga chalingan bemorlarda temperatura ko‘tarilishi, yo‘tal va nafas yetishmovchiligi kuzatiladi.

Virus hozirda Xitoy chegarasidan tashqarida ham tarqalgan, zaharlanish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh va Tailandda qayd etilgan. Singapur, Gongkong va Avstraliyada ushbu virusga chalinganlik gumoni bilan bemorlar kuzatuvga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 nafarga yetgan, 1300 ta shu virusni yuqtirganlik holatlari o‘z tasdig‘ini topgan.