Sahrodagi islohotlar: Ellikqal’a turizm markaziga aylanishga hozirlik ko‘rmoqda

Qoraqalpog‘iston sahrosi turistlarni nima bilan hayratga sola oladi? Bu haqda muxbirimiz maqolasida o‘qing.
Sputnik

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida turizm faol rivojlantirilmoqda. Yaqin yillargacha bu hududga turistlar oqimi ko‘rsatkichi past edi. Ammo infratuzilma yaxshilanib, chet ellik hamda respublikadan keladigan mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi 2ta mehmonxona, Aqchako‘l bo‘yicha turistik xizmatlar ko‘rsatish majmuasi tashkil etilgach, vaziyat ham o‘zgara boshladi.

Bokira go‘zallik: Qoraqalpog‘iston sahrosidan maftunkor suratlar

Turistlar boradigan joylar - bu mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan tarixiy va me’moriy yodgorliklardir.

Xususan, 2019-yil davomida bu tarixiy obyektlarni ko‘rish uchun qadamranjida qilgan sayyohlar hajmi 50 mingdan oshgan. Ular asosan, Tuproqqal’a, Ayozqal’a, Katta Guldursunqal’a tarixiy obidalariga tashrif uyushtirganlar.

Aynan mana shu tarixiy obyektlar - qal’alar - Ellikqal’aning asosiy turistik yo‘nalishlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri shu kunlarda Qoraqalpog‘istonda ishtirok etgan "Ellikqal’a – turizm markazi" xalqaro ilmiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy konferensiya Ellikqal’a turistik salohiyati namoyish etildi.

Qoraqalpog‘iston sahrosi turistlarni nimasi bilan o‘ziga rom aylashi mumkinligi haqida muxbirimiz maqolasida o‘qing.

O‘zgarishlar davri

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turizmni jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilingan kundan boshlab, Qoraqalpog‘istonning ushbu hududida ham jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirila boshladi. 2016-yildan buyon Ellikqal’a tumaniga 7 million 820 ming AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan.

Bu mablag‘lar tufayli ko‘plab korxonalar (gidroponika korxonasi, turistik kompleks, chorvachilik fermer xo‘jaligi, momiq sochiqlar ishlab chiqaruvchi korxona va ko‘plab boshqa ishlab-chiqarishlar) barpo etildi va biznesni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratildi.

Sahrodagi islohotlar: Ellikqal’a turizm markaziga aylanishga hozirlik ko‘rmoqda

Xususan, Ellikqal’ada yagona klaster hisoblangan paxta tozalash korxonasi, ip-kalava va jinsi mato ishlab chiqaruvchi qiymati 72,5 milliard 235 million so‘m bo‘lgan korxona shular jumlasidan.

Yashirinib yotgan go‘zallik

Turizm sohasiga ko‘rsatilayotgan katta e’tiborga qaramay, bugun Ellikqal’a o‘z turistik salohiyatini borligicha namoyon eta olgan, deb hisoblab bo‘lmaydi. Qoq cho‘lning o‘rtasida marvariddek tovlanib turgan Aqchako‘l yuzlab turistlarning hayratini keltirib, ko‘zini quvontirsada, ammo plyaj turizmi hali yo‘lga qo‘yilmagan.

Sahrodagi islohotlar: Ellikqal’a turizm markaziga aylanishga hozirlik ko‘rmoqda

 

2020 yil davomida ko‘l sohilida investitsiya dasturi doirasida qiymati 2 million AQSh dollarlik zamonaviy turistik xizmatlar ko‘rsatish loyihasi, cho‘milish plyaji, amfiteatr, tematik park, yoshlar dam olish maskani hamda mehmonxona tashkil etish rejalashtirilgan.

Mahalliy hokimiyat vakillari turistlar qiziqishiga sabab bo‘layotgan tarixiy obyektlar bo‘yicha izlanishlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Xususan, "Hamkor stimul servis" innovatsion loyihalar ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, professor Shohida Sultonovaning aytishicha, o‘tgan 2019-yilning sentabrida Ellikqal’a hududidagi qal’alar qaytadan ro‘yxatga olingan.

O‘zbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy

"Bugungi kunda ko‘p qal’alarimiz saqlanib qolmagan, nurab ketgan, achinarli bir holatlarda qolgan. Lekin ro‘yxatga olganlarimiz - 50 ta qal’a - bu bugungi kunda xalqaro turizm marshrutiga kiritishga loyiq bo‘lgan qal’alardir. Arxeologik yodgorliklarning ahamiyatini hamda holatini saqlagan holda ularni restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqchimiz. Qolaversa, hududning turistik salohiyati hali to‘liq namoyon bo‘lmagan. Ko‘p joyda unutilib ketgan milliy hunarmandchilik an’analari, urf-odatlar aynan shu yerda - Qoraqalpog‘istonda saqlanib qolgan. Mana shularni biz butun dunyoga ko‘rsatishni istaymiz", - deydi u.

Darvoqe, tadbirda ishtirok etgan xitoylik investor Robert Li Aqchako‘lga investitsiya kiritishga qiziqib qoldi. Ellikqal’adagi turistik obyektlarga ekskursiya vaqtida ko‘lni tomosha qilgan  investor: "Agar, Qoraqalpog‘istonda shunday bir ko‘l bor, deyishsa, hech qachon ishonmagan bo‘lardim! Issiq-ko‘lga borishga ne hojat, shunday boylik turganda", - dedi hayratini yashirolmay.

Infratuzilma

Tuman infratuzilmasi haqida gapiradigan bo‘lsak, u o‘ta qulay, deyish mumkin. Xalqaro A380 magistral Buyuk Ipak Yo‘li Ellikqal’a tumani hududidan o‘tgan. Urganch xalqaro aeroporti ham bu hududdan taxminan 50 kilometr masofada joylashgani turistlar uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Ufqni ko‘rishga oshiq sayyohlar

"Hamkor stimul servis" innovatsion loyihalar ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Shohida Sultonova dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlar O‘zbekistonda katta daromad keltiradigan manbalar ko‘p ekanligini e’tirof etishlarini aytadi.

Sahrodagi islohotlar: Ellikqal’a turizm markaziga aylanishga hozirlik ko‘rmoqda

"Turistlardan ko‘pincha Ellikqal’ada judayam ko‘p qal’alar bor ekan, nima sababdan bu yerda turizm bazasini yaratmagansiz? Juda boy tarixga egasizlar, qancha olis bo‘lmasin, biz o‘zga tabiat, atrof-muhitning rang-barangligi, ayniqsa, quyosh chiqishi va botishini, oy va yulduzlarni sahroda turib tomosha qilishni istaymiz. Yevropa davlatlarida zamonaviy binolarning ichida qamalib qolganmiz, lekin sizlarning davlatingizga kelib, xuddi ertakka kirib qolgandek bo‘lamiz, deyishadi", - deydi Sultonova.

Darhaqiqat, Ellikqal’a Yer yuzidagi eng g‘aroyib va go‘zal hududlardan biri. Hali inson qo‘li tegmagan - bokira go‘zallikni shu yerda tomosha qilish mumkin.