Kamilov: O‘zbekiston tashqi siyosati ochiq va pragmatik xarakterni saqlab qoladi

Kamilovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bundan keyin ham ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan siyosat kursini davom ettirishni maqsad qilgan
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. O‘zbekiston tashqi siyosatda ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan siyosatni saqlab qoladi, deb bayonot qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xalqaro press-klubda o‘tkazilgan O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan sessiyasida. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

Kamilov prezident Mirziyoyevning 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi "mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida juda katta voqea bo‘lganini, xususan, Tashqi ishlar vazirligiga belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlar idora uchun aniq dastur ekanligini" qayd etdi.

"O‘zbekiston prezidenti o‘z Murojaatnomalarida yana bir bor ta’kidlab o‘tdilarki, biz ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat kursini davom ettiramiz. Bu siyosat kecha paydo bo‘lgani yo‘q. Prezident saylovlardan keyin bizga aniq yo‘nalishlarni belgilab berdilar. Tashqi ishlar vazirligi oldida turgan asosiy vazifa esa mana shu siyosatni amalga oshirish, xalqaro maydonda prezidentimizni tashabbuslarini amalga oshirib, ilgari surishdir", - deya ta’kidladi diplomat.

Kamilovga ko‘ra, belgilangan yo‘nalishlarda eng asosiy urg‘u Markaziy Osiyodagi vaziyatga qaratilgan. "Bu O‘zbekiston uchun muhim. Nega deganda Markaziy Osiyodagi tinchlik - o‘zimizning tinchligimiz, bu yerda turgan maqsad esa mintaqani barqaror, xavfsiz va taraqqiyot mintaqasiga aylantirishdir", dedi vazir.

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - video

Shu o‘rinda Kamilov Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari uchrashuvini hamda ushbu uchrashuv yakunida qabul qilingan Qo‘shma bayonotni esga oldi: "Ko‘p ish qilindi, lekin hozirda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarimizda ko‘p masalalar bor, ularni hal qilish kerak".

Tashqi siyosat yo‘nalishlaridan yana biri bu yirik strategik hamkorlik bor davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishdir.

"Bu avvalombor Rossiya, Xitoy, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Arab mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlaridir. "Rossiya Federatsiyasi bilan nafaqat ikkitomonlama aloqalarni rivojlantiramiz, O‘zbekiston joriy yil MDH davlatlarida raislik qilmoqda. Bu yerda ham hamkorligimizni davom ettiramiz. Shuningdek, ShHT bilan ko‘plab tadbirlarni rejalashtirganmiz. Ulardan bir nechtasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi", - dedi TIV rahbari.