Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Oliy majlisi yangi chaqiriq deputatlariga murojaatnomasi - onlayn translyatsiya.
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Oliy majlisi yangi chaqiriq deputatlariga murojaatnomasi boshlandi.

Quyida O‘zbekiston rahbari tomonidan tilga olingan eng yorqin jumlalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir

"Mamlakatimizning 2020-yil va kelgusi 5-yilda rivoj bo‘yicha ustuvor yo‘nalish va vazifalarni belgilab olishimiz zarur";

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

"Jamiyat – islohotlar tashabbuskori" degan yangi g‘oya, kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda";

“Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman, demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yakka-yu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir”;

“Shu bilan birga, mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishning uch pog‘onali tizimini optimallashtirish, unda tuman va shahar saylov komissiyasining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim”;

"Hammamiz yana bir bor jiplashmasak o‘qimasak, o‘rganmasak, mana shu masalalarni amalga oshira olmaymiz";

Ilm ma’rifat yili 

"Ilm fan yanada ravnaq topishi, yoshlarni chuqur bilim yuksak ma’naviyat egasi etib tarbiyalash bo‘yicha boshlagan ishlarimizni davom ettirish maqsadida 2020-yilga ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilishni taklif qilaman. Ilm ma’rifatsiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirib bo‘lmaydi. Butun dunyo ilgarilab ketdi, qo‘shnilarimiz ham ilgarilab ketdi. Integratsiya kerak, raqobatbardosh bo‘lish uchun";

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

"Oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytiriladi. Qizlar uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida grant o‘rinlari ajratiladi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2020-yilda kamida 25 foizga, kelgusida esa 50-60 foizga yetkaziladi";

"Barcha xalqaro kuzatuvchilarga, saylov jarayonlari haqidagi xolis fikrlari va tavsiyalari uchun, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Biz albatta, ushbu tavsiyalarning har birini chuqur o‘rganib, tegishli dastur qabul qilib, amaliyotga keng joriy etamiz";

O‘zbekistonning 2019-yildagi yutuqlari 

Xususan, O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar miqdori 4.2 millionni tashkil qildi. Investitsiyalar o‘sish surati - 3,7 baravarni tashkil qildi. Investitsiyalar  YaIM ulushida 37 %ga yetdi

O‘zbekiston kreditga doir tavakkalchilik reyting i10 yilda 1-marta yaxshilandi.  Eksport hajmi 28 %ga ko‘paydi

Rasmiy rektorda ishlayotganlar soni 500 ming kishiga kupaydi. QQS 20 %dan 15%ga tushirildi.  

Turizm sohasini islohot qilish natijasida turistlar soni 6.7 million kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan 2018-yilga nisbatan 3,3 baravar ko‘p.  

Tadbirkorlarni tekshirish kamaytiriladi

Tekshiruvlar soni yanada kiskartiriladi va tekshiruvlar sifati uzgaradi. Tadbirkorlarni tekshirmadik ikki yil, moratoriy joriy etdik, lekin bundan keyin ham yoppasiga tekshirish bo‘lmaydi, har bir rahbar shuni qulog‘iga quyib olsin. 

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga jinoiy uyushma degan ayb qo‘yishni bekor qilish vaqti keldi. Eng katta tadbirkorga jinoiy uyushma deb qo‘yadida hech kim bilmaydi u nima ish qilganini, - dedi prezident.

Paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilindi

Qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish tezligi qoniqtirmaydi. 

Har bir hududda tadbirkorlarga bo‘sh yer maydonlarini berish bo‘yicha yangicha tizim yaratiladi. Tadbirkorning faoliyati uchun kerak bulgan yer va inshoati onlayn tarzda sotib olinishi imkoniyati yaratiladi. 

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

Davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida yetishtirish boshlanadi. Aks holda ular (FERMRLAR) o‘zi kutgandek manfaat ko‘rmaydi, hokimlarni ish uslubi o‘zgarmaydi. Paxta gallani erkin savdoga chikarmasak tadbirkorlarda manfaatdorlik bulmaydi. Qishloq xo‘jaligi tarmoklariga arzon kreditlar beriladi. 

Turizm iqtisodiyotning strategik yo‘nalishiga aylantiriladi 

Maqsadimiz 7,5 million turistni O‘zbekistonga olib kelish. Ziyorat va tibbiyot turizmini rivojlantirish. Bugungi kunda mavjud 500 turistik obyektlar sonini 800taga chikarish. 

YuNESKOning umumjahon moddiy va nomoddiy merosi ro‘yxatiga O‘zbekistondagi yangi yangi obyektlarni kiritish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish kerak

Turizm infrastrukturasini rivojlantirishga qo‘shimga subsidiya ajratish chorasini ko‘rish. 

Ichki migratsiyani erkinlashtirish 

Jahondagi ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida 2020 Ushbu yilning aprel oyiga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish kerak. O‘zbekiston ichida har bir fuqaro o‘zining "kichik vatani" uyiga ega bo‘lishi kerak. Shunda xalqimiz rozi bo‘ladi. 

Kambag‘allikni yo‘qotish 

Kambag‘alchilikni oldini olish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish kerak. 

Faqat pul berish bilan ish bitmaydi. Ularga biznes yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish, 

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

Hamma ham tadbirkor bo‘la olmaydi. Bunday odamlar bilan tizimli ishlab, ularni kasbga qayta tayyorlab munosib ishlarga joylashtirishimiz lozim. 500 mingta yangi ish o‘rinlari yaratishsh rejalashtirilmoqda. Biz ana shu maqsadda, yangi ish o‘rinlari yaratishga 700 million dollar jalb qilinadi. 

Yangi ish yaratayotgan har bir tadbirkorni yelkamizga ko‘tarib yurishimiz zarur. 

Mahalla tizimini o‘zgartirish

Mahallada ikkita mezon - obod va tinch mahalla bo‘lishi kerak. Tinch obod va xavfsiz mahalla bo‘lishi uchun yangi qaror tayyorlayapmiz. Qaysi xonadonda tinchlik, qayerda jinoyat bo‘layapti mahalla raisi uchastka noziri - bilishi kerak. Bilmasa bizga bunday kadrlar kerak emas. 

Elektron tibbiy kartalar va majburiy sug‘urta 

Tibbiyot sohasida ham qator yangiliklar kutilmoqda. Shifokorlar obro‘yini o‘qituvchilar kabi ko‘tarish, jamiyatda ularning obro‘yini oshirish kerak. Shifoxonalarda elektron tibbiy kartalar joriy etish rejalashtirilmoqda. Undan tashqari dori-vositalarining aylanmoasini yangi tartibda nazorat qilish rejalashtirilmoqda. 

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

Shuningdek, yaqin orada butun O‘zbekiston bo‘yicha majburiy sug‘urta tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish 

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 269ta sport maydonlari 178 tas bosk va gimnastika sport zallari qurishni rejalashtirganmiz. Bizda hozir mablag‘ bor, lekin uni amalga oshirish uchun munosib loyiha yo‘q. 

Ekologiya 

Avvalo Orolning qurigan tubida o‘rmon xo‘jaligi tashkil qilish, ishlarimiz yaxshi natija berishi kerak. 

Sanoat rivojlanishining ekologiyaga ta’siri oldini olish maqsadida har bir korxonada ekologiyani birinchi o‘ringa qo‘yish vaqti keldi. Olib kelinayotgan texnologiyalarni ekologik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish kerak. 

Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - asosiy fikrlar

Ushbu ishlarni muvaffaqiyatli amalg oshirish maqsadida 2020-yilning 1 1-oktabrga qadar Ekologiya kodeksi loyihasi ishlab chiqish kerak. Ekologiya partiyasi bunga o‘zi bosh-qosh bo‘lishi kerak.

Hokimlar vakolati qisqartiriladi 

Oliy Majlis Senatiga shu yilni birinchi yarmidan hokimlarni vakolatini qayta ko‘rib chiqib, ularga xos bo‘lmagan va bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni olib tashlash bo‘yicha taklif ishlab chiqishni buyurdi prezident

Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi 

O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda jamoatchilik palatasini tashkil etish taklif etildi. 

Sud mustaqilligini to‘liq ta’minlash kerak 

Bibzning asosiy vazifalarimiz bu - qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga barham berish, institutsional demokratiyani kuchaytirish. 

Dastlabki tergovda  davom etayotgan qonun buzilish holatlari, faqat sudlarning haqiqiy mustaqillika erishishi orqali bartaraf etish mumkin. 

Oldin sudlar oqlov qarorlarini kamdan kam hollarda chiqarar edi. O‘tgan yilda esa bir necha yuzlab ana shunday qarorlar chiqarildi, 3081 kishi sud zalidan ozod qilindi.  

Sud ostonoasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat borligiga ishonch hosil qilish kerak. Adolat yo‘q bo‘lsa agar sudda, hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi, degan buyuk nemis faylasufi Kant.

Korrupsiyani bartaraf etish 

Jamiyaning barcha a’zolari halollik vaksinasi bilan emlanmas ekan - o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olmaymiz. Eng katta masala halollik masalasini qayerdan olamiz?

Korrupsiya bu oyog‘imizga solingan kishan. 

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi - video

Endi har bir tashkilotni, rahbarni mikroskop ostida kuzatamiz. Oldin faqat gap edi. Korrupsiya illatiga qarshi kurashish bo‘yicha sadoqatli qattiqqo‘l rahbarni qo‘yamiz. Biz hozir uni tayyorlayapmiz. 

50 ming kishiga O‘zbekiston fuqaroligi beriladi

1995 yildan buyon O‘zbekistonda yashab kelayotgan, lekin ayrim sabablarga ko‘ra fuqarolik berilmay kelayotgan 50 mingdan ortiq fuqarolarga O‘zbekiston fuqaroligi avtomatik ravishda beriladi. Parlament tez orada bu borada tegishli qonunlarni ishlab chiqishi kerak. 

Tashqi siyosat yo‘nalishlari 

O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan ishlarni chuqur o‘ylangan pragmatik siyosatni davom ettiramiz. 

Markaziy Osiyo barcha davlatlari bilan hamkorlikni sifat va mazmuniy  jihatdan yangi bosqichga chiqarishda davom etamiz.

2020 yil - Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi

Undan tashqari Rosiya Federatsiyasi, XXR, AQSh, BAA, YeI va Osiyo davlatalari bilan hamkoorlikni rivojlantirishda davom etamiz. 

Shuningdek BMT, YeXHT, IHT, Turkiy kengash va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan kup tomonlama xamkorlikni jadallashtirishda davom etamiz. 

Orol muammosi boasida BMT bilan tuzilgan trast fondiga katta ishonch bilan karaymiz.

G‘alabaning 75-yillligi haqida

2020 yilda G‘alabaning 75-yillliga keng nishonlanadi. Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistondan ham 1,5 million kishi ishtirok etgan va ularning uchdan biri vataniga kaytmagan. Biz ular bilan faxrlanamiz va buni xalqimiz xech kachon unutmaydi.  Biz faxriylarimizni nafaqat G‘alaba kuni balkim xar kuni e’zolashimiz, kadrlashimiz kerak. Ular yil davomida eng yaxshi sanatoriylarda dam oladi. 

Urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan haqiqiy jasorat va matonatni kino orqali ko‘rsatish, yoshlarga yetkazish borasida katta ishlar olib borilmoqda. 

So‘z erkinligi 

O‘tgan 3-yil davomida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash, OAV mustaqilligini ta’minlash, jurnalist va blogerlarning erkin ijod qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu davr mobaynida ular haqiqiy 4 hokimiyat vakillariga aylandi. 

Men professional jurnalistlarni hamisha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman!