“Karantin, narxlar ikki baravar oshdi”: o‘zbekistonlik talaba Uxandagi vaziyat haqida

“Narxlar ikki baravar oshib ketdi”, - deydi o‘zbekistonlik talaba Uxandagi virus bilan bog‘liq vaziyat haqida.
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik, Mariya Naumenko. O‘zbekistonlik talaba Abdurahim Elboboyev yangi koronavirus tarqalishni boshlagan Xitoyning Uxan shahridagi vaziyat haqida so‘zlab berdi.

Talaba Uxan shahrida ikki yil davomida tahsil olmoqda. Hozirgi vaqtda 11 million kishi istiqomat qiladigan shahar yopilgan.

“Shaharda vahima kuzatilmoqda, biroq hamma qo‘rqmasdan bir-biriga yordam bermoqda”, - deb ta’kidladi Elboboyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

“Karantin, narxlar ikki baravar oshdi”: o‘zbekistonlik talaba Uxandagi vaziyat haqida

Hozirgi vaqtda uning oliygohida qishki ta’til, ammo o‘qish qachon boshlanishi noma’lum.

“Shaharda 31-yanvarga qadar karantin e’lon qilingan. Shaharga hech kim chiqmayapti. Uy yaqinidagi do‘konga borilyapti. Oziq-ovqat narxlari sezilarli darajada - taxminan ikki baravarga ko‘tarildi”, - deydi talaba.

Elboboyev kasallik tarqalishiga qaramasdan, u Xitoyda o‘qishni davom ettirish niyatda ekanligini ma’lum qildi.

“Ota-onam xavotir olishmoqda, vaziyat barqarorlashganda uyga qaytib kelishimni istashapti. Men fevralda O‘zbekistonga bormoqchiman, biroq semestr boshlanganda, o‘qishni davom ettirish uchun Xitoyga qaytib kelaman”, - deb qo‘shimcha qildi talaba.

“Karantin, narxlar ikki baravar oshdi”: o‘zbekistonlik talaba Uxandagi vaziyat haqida

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi. Bemorlarning soni tez fursatda oshmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu virus bilan kasalanish holati 600 kishida aniqlandi, 17 kishi vafot etdi.