Yemagan somsaga pul: MIB salkam 1 trillion so‘mlik asossiz qarzdorlik yozilganini aniqladi

2018-2019 yillar davomida  aholiga elektr energiyasi uchun - 545 mlrd., tabiiy gaz uchun - 430,8 mlrd. so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Foydalanilmagan energiya resurslari uchun asossiz qarzdorliklar belgilangani bo‘yicha Respublikada jami 146 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Respublika MIB xodimi AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Samarqandlik ayol xizmatdagi MIB xodimlarini yoqib yubordi

Bosh prokuratura huzuridagi MIB direktorining birinchi o‘rinbosari Xasan Kabirdjanovning ta’kidlashicha, asosciz qarzdorlikning kelib chiqishi Buro organlarining tashkil etilishi bilan bog‘liq emas, bu holatlar Buro faoliyati davrida ko‘proq yuzaga chiqdi.

Asossiz qarzdorlikning yuzaga kelishi sababi esa, muqaddam iste’molchi korxonalar tomonidan uzatilgan resurslarning iste’molchilarga yillar davomida hisoblanib kelinishi oqibatida yuzaga kelgan.

Jumladan, iste’molchilarga asossiz hisoblangan qarzdorlikni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha hukumat topshirig‘iga asosan MIB tomonidan kerakli chora-tadbirlar ko‘rilgan.

2018-2019 yil davomida  429 ming nafardan ortiq iste’molchilarga foydalanilmagan elektr energiyasi uchun 545 mlrd so‘m, tabiiy gaz bo‘yicha 212 ming nafar iste’molchilarga 430,8 mlrd. so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan. Ushbu noreal qarzdorlik elektron dasturdagi iste’molchilarning hisob varag‘idan chiqarilib, ularning buzilgan huquqlari ta’minlangan.

MIB yordamida Yangiyo‘l Davlat soliq inspeksiyasi g‘aznasi boyib ketdi

Bundan tashqari 309 ming nafar iste’molchilarning hisob varag‘iga ortiqcha iste’mol hajmi kiritilishi oqibatida 325,3 mlrd so‘m,  34,8 mingdan ortiq holatda bir iste’molchiga ikki yoki undan ortiq hisob-raqamlari ochilishi va qarzdorlik hisoblanishi sababli 34,3 mlrd. so‘m noreal qarzdorlik aniqlangan.

Shuningdek, buzilgan xonadonlarning 34,2 mingdan ortig‘ida iste’mol hajmi hisoblanishi orqali 30,1 mlrd. so‘m, yashash uyida mavjud bo‘lmagan 25,6 ming iste’molchilarga 107,1 mlrd. so‘m asossiz qarzdorlik yozilgan.

Yana boshqa holatlarda 24,5 ming nafar iste’molchilarga 40,6 mlrd. so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan.

Foydalanilmagan energiya resurslari uchun belgilangan asossiz qarzdorlik hisoblanishi holatlari bo‘yicha jami 146 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Anjumanda qayd etilishicha, Buro tomonidan asossiz qarzdorliklarni xatlovdan o‘tkazish chora-tadbirlari davom ettirilmoqda.