Toshkentga tunda ishlaydigan kafe va restoranlar kerak – hokim o‘rinbosari

Shukurovning fikriga ko‘ra, klublar respublikada turizmni rivojlantirish va daromad olishga yordam beradi. Shuning uchun ularning faoliyatiga cheklovlar bo‘lmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Toshkent hokim o‘rinbosari Elbek Shukurov jurnalistlar bilan uchrashuvda tunda ishlaydigan kafe va restoranlar nima uchun kerakligi tushuntirdi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar qildi.

Bundan buyon tungi klublar 23:00da yopiladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentga tunda ishlaydigan kafe va restoranlar kerak. Faqat u yerga tashrif buyuruvchi odamlarni xavfsizligini ta’minlashi zarur.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida tungi vaqtda ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar muassasalarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir hukumat qarori qabul qilingandi.

Shundan so‘ng kamida 30 kunlik videoyozuvlarni saqlay oladigan videokuzatuv tizimiga ega bo‘lgan muassasalar tunda xizmat ko‘rsatish huquqini oldi.

Shuningdek, yoritilgan yondosh hudud, yong‘in o‘chirish uskunalari, aptechka, evakuatsiya sxemalari yozilgan belgilar, ko‘ringan joylarda favqulodda vaziyatlar va qutqaruv telefon raqamlari bo‘lishi talablar ro‘yxatiga kiritildi.