FSB minalashtirish haqidagi soxta xabarlar qayerdan yuborilganini aniqladi

So‘nggi ikki oy ichida Rossiyadagi maktab, bog‘cha, savdo markazi, metro va sudlar minalashtirilgani haqida 16 mingdan ortiq soxta xabarlar yo‘llagan xorijiy server aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati so‘nggi vaqtlarda turli shaharlardagi  odam gavjum bo‘ladigan jamoat obyektlarining minalashtirilgani haqidagi soxta xabarlar qaysi serverlardan yuborilganini aniqladi. RIA Novosti xabariga asosan.  

“28 noyabrdan bugungi kunga qadar Niderlandda ro‘yxatdan o‘tgan Startmail.com xizmatidan Rossiyaning 16 viloyati sudlari adresiga mingdan ortiq anonim xabarlar kelgan”, - deyli FSB.

Ushbu xabarlarda 16 mingdan ortiq maktab, bolalar bog‘chalari, vokzal, savdo markazlari, sud, kasalxona, metro va boshqa odam gavjum bo‘ladigan jamoat obyektlarining minalashtirilgani haqida xabar qilingan. Tekshiruv natijasida ushbu xabarlarning barchasi yolg‘on bo‘lib chiqdi.

AQSh Davlat departamenti Rossiya aeroportidagi mina bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi

Roskomnadzor xabariga ko‘ra, Startmail.com xizmati vakillari Rossiya tomon talabiga binoan soxta xabarlar yuborilgan elektron pochta egalari haqida ma’lumotlarni taqdim etishmadi.

“Lekin shunga qaramasdan, ushbu xizmat egalari tartibli va qonunparvar insonlar ekaniga va ularning ushbu ekstremistik xatlar yuborgan insonlarga hech qanday  aloqasi yo‘qligiga biz ishonamiz”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek,  FSB yomon niyatli kishilarning ana shunday harakatlarini kelajakda ham cheklash maqsadida muayan qadamlar qo‘yganini aytib o‘tgan. Bugun 23-yanvardan boshlab Rossiya hududida Startmail.com sanbaasiga kirish cheklanadi.