O‘zbekiston jamoasi OCh finali va Tokio-2020 yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining yarim finalida O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Bugun, 22-yanvar kuni Tailandda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatning yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ulardan birida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

O‘zbekiston BAAni yer bilan yakson etib, yarim finalga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik futbolchilar ko‘k rangli libosda harakat qilishadi. O‘yin Bangkokdagi “Rajamangala” stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 15:15 da boshlanadi.

Mazkur bahsni yaponiyalik Ruji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Qayd etish joizki, mazkur bahs g‘olibi nafaqat turnir finali, balki Tokio-2020 Olimpiada yo‘llananmasiga ham ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.

Ikkinchi final yo‘llanmasi uchun Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.