O‘zbekiston OTJ Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berdi

Tailanddagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining yarim finalida O‘zbekiston OTJ Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va kichik hisobda yengildi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining yarim finalida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Yarim final bahsida O‘zbekiston Saudiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston jamoasi OCh finali va Tokio-2020 yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi

Bangkokdagi “Rajamangala” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limi golsiz yakunlandi.

87-daqiqada uchrashuvda hisob ochildi. Nosir Salmon O‘zbekiston jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.

Endilikda Olimpiada yo‘llanmasi uchun O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rin uchun o‘yinida kurash olib boradi