TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida kompaniya Telegram messenjerida @UNG_Petro_Botni ishga tushirildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Telegram orqali ochilgan ushbu "@UNG_Petro_Bot" bot orqali iste’molchilar "UNG Petro" korxonasiga tegishli barcha AYoQShlar joylashuvini xaritaga qarab aniqlash, sotilayotgan neft mahsulotlari turlari, narxlari va aloqa uchun telefon raqamlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Telegram-bot sayyohlarga ham qulaylik yaratish maqsadida uch tilda ishga tushirilgan.
Ayni paytda ushbu Telegram-bot Toshkent va Toshkent viloyatidagi AYoQShlar haqidagi ma’lumotlarni berib turibdi.
Qisqa muddatda esa Telegram-botdan respublikaning boshqa hududlarida ham foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Bir oz avval UNG brendi ostida neft mahsulotlarini sota boshlagan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.