Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina yaratish uchun dori borligi ma’lum bo‘ldi

Rossiyalik olimlarda Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi vaksina yaratish uchun asosiy tayyorlov moddalari borligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Rospotrebnadzor epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Yelena Yejlova rossiyalik olimlarda Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi vaksina tayyorlash uchun asosiy moddalar borligini ma’lum qildi.

TIV yuqumli koronavirus xavfidan yana bir marta ogohlantirdi

“Vaksina yaratish - uzoq muddatli jarayon bo‘lib, xavf va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda vaksina tayyorlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. Bugungi kunda biz Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida baholaymiz va asoslanamiz”, - dedi mutaxassis.

Yejlovaning so‘zlariga ko‘ra, Rospotrebnadzor chegara o‘tish punktlarida sanitar-karantin nazoratini kuchaytirilgan. Fuqarolar tana harorati o‘lchanib, ular bilan savol-javob o‘tkazilmoqda.

Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vaziyatni baholash uchun yig‘ilish o‘tkazadi.

Rossiyada yangi koronavirus keltirib chiqargan kasallikka chalingan bemorlar kasalxonaga yotqizish holatlari aniqlanmadi.