Deputatlar hukumatga a’zolar nomzodini ma’qulladilar - ro‘yxat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Hukumat a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqildi. Ayrim vazirliklarda o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi shakllangan parlament quyi palatasi deputatlari O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishdi.

Majlisda Hukumat a’zoligiga nomzodlarni lavozimiga ma’qullash haqida qaror qabul qilishdi.

  • O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga – Ramatov Ochilboy Jumaniyazovich;
  • O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri lavozimiga – Qo‘chqorov Jamshid Anvarovich
  • O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga – Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich;
  • O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston xotin–qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga – Bositxonova Elmira Irkinovna;
  • Transport vaziri lavozimiga – G‘aniyev Elor Majidovich;
  • Qurilish vaziri lavozimiga – Zokirov Botir Erkinovich;
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga – Soliyev Muzaffar Xoldarboyevich;
  • Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga – Xo‘jayev Botir Asadillayevich;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga – Husanov Nozim Baxtiyorovich;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga – Umurzoqov Sardor O‘ktamovich;
  • Energetika vaziri lavozimiga – Sultonov Alisher Saidabbosovich;
  • Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga – Xo‘jayev Jamshid Abduhakimovich;
  • Suv xo‘jaligi vaziri lavozimiga – Hamroyev Shavkat Rahimovich;
  • Adliya vaziri lavozimiga – Davletov Ruslanbek Kuroltayevich;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga – Majidov Inom Urishevich;
  • Xalq ta’limi vaziri lavozimiga – Shermatov Sherzod Xotamovich;
  • Maktabgacha ta’lim vaziri lavozimiga – Shin Agrippina Vasilyevna;
  • Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga – Shodmonov Alisher Qayumovich;
  • Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga – Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich;
  • Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga – Abdurahmonov Ibrohim Yo‘lchiyevich;
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga – Sodiqov Shuhrat Muhamadjanovich;
  • Madaniyat vaziri lavozimiga – Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich;
  • Mudofaa vaziri lavozimiga – Qurbonov Bahodir Nizomovich;
  • Ichki ishlar vaziri lavozimiga – Bobojonov Po‘lat Razzaqovich;
  • Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga – Xudaybergenov Tursinxon Aydarovich;
  • Tashqi ishlar vaziri lavozimiga – Kamilov Abdulaziz Hafizovich;

Qonunchilikka ko‘ra, Vazirlar mahkamasi a’zolari Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullaganlaridan so‘ng bosh vazir taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston prezidenti tomonidan tayinlanadilar.