Rossiyalik eskpert: noldan aviakompaniya tashkil etish uchun besh yil kerak bo‘ladi

“Aeroport” assotsiatsiyasi bosh direktori Viktor Gorbachov O‘zbekistonning arzon Humo Air aviakompaniyasini tashkil etish rejalariga o‘z bahosini berdi.
Sputnik

2020 yilda O‘zbekistonda yangi Humo Air aviakompaniyasi tashkil etiladi. Ta’kidlanishicha, dastlab aviakompaniya mamlakat bo‘ylab muntazam reyslarni amaldagi aviakompaniyalarga qaraganda arzonroq narxlarda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Aeroport” assotsiatsiyasi bosh direktori Viktor Gorbachovning so‘zlariga ko‘ra, aviakompaniyani tashkil etish uchun birinchi navbatda ko‘plab tashkiliy masalalarni hal qilish va katta sarmoyalarni jalb qilish kerak.

“Aviakompaniya tashkil etish nima? Birinchidan,  samolyotlar kerak. Ularni qayerdan olish kerak? Kim ularni oladi? Kim ularni sotib oladi? Bu millionlab yevro degani! Bu chaqa pul turadi degani emas. Ikkita salolotdan bitta aviakompaniya tashkil etib bo‘lmaydi. Demak, boshlanishiga kamida beshta yoki oltita va yana bitta zaxira samolyoti bo‘lishi kerak. Har qalay Rossiyada bunday holat va talab mavjud", - deydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xozircha bu davlat yoki xususiy aksiyadorlik jamiyati bo‘ladimi yoki moliyalashtirish qanday va kim tomonidan amalga oshiriladi, aniq emas. Qolaversa, Humo Air qayerda joylashishi va ekipajlarni qayerdan topish aniq emas.

Abdulla Aripov yangi aviakompaniya tashkil qilish haqida gapirdi

“Hamma narsani hisoblash va yo‘lovchilarning yetarli oqimi bor-yo‘qligini ko‘rish kerak va ular (yo‘lovchilar. - Sputnik) uchishadimi yoki yo‘q... Ha, tashkil etish mumkin, lekin kim unda tashiladi? Bilishimcha, O‘zbekiston tezurar yo‘llar tarmog‘ini yaratmoqchi, “Sapsan”tipidagi tezurar poyezdlar harakatini  yo‘lga qo‘ymoqchi. Bular esa o‘z yo‘liga yo‘lovchilar oqimini og‘dirib oladi”- dedi u.

Gorbachovning so‘zlariga ko‘ra, aviakompaniyani noldan tashkil etish uchun kamida besh yildan olti yilgacha vaqt kerak bo‘ladi.

Ekspertning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Rossiyalik eskpert: noldan aviakompaniya tashkil etish uchun besh yil kerak bo‘ladi