FVV Tomskdagi fojiada halok bo‘lganlarning shaxsiga oydinlik kiritdi

21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan yong‘in sodir bo‘ldi va uning oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Aniqlik kiritilishicha, yong‘inda qurbon bo‘lganlarning 8 nafari Navoiydan bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tomskdagi fojiada halok bo‘lganlarning shaxsiga oydinlik kiritdi.

Qayd etilishicha, Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi:

Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Mo‘minov Xurshid Mehriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Tomskdagi yong‘inda 11 kishi qurbon bo‘ldi

Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Hasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Norov Mexriddin Gaybullayevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Hasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan).

Hozirda yong‘in natijasida halok bo‘lgan 10-fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ushub munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy hamdardlik bildirgani xabar qilingan edi.