O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAga qarshi maydonga tushadi

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak finalida BAA jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
Sputnik

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik.  Bugun, 19-yanvar kuni Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasining chorak finalida O‘zbekiston BAAga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi, biroq chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi maydonga ko‘k rangli libosda tushadi. Jamoa darvozaboni esa sariq libosda.

O‘yin Bangkokdagi “Rajamangala” stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichda g‘alaba qozongan jamoa yarim finalda Saudiya Arabistoni va Avstraliya termalari bilan kuch sinashadi.