Toshkent farmatsevtika instituti rektori vafot etdi

Ibrohim Alimdjanov 2018-yildan Toshkent farmatsevtika instituti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik.  Toshkent farmatsevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimdjanov Ibrohim Inamovich 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Toshkent farmatsevtika instituti rektori vafot etdi

Alimdjanov 1959-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan.1982 yilda O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot) institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. Andijon shahar 2- bolalar shifoxonasi vrach interni, ordinatori, davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari, keyinchalik  Andijon davlat tibbiyot initituti kafedra assistenti, dotsenti va kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2012-2018 yillarda mazkur institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori va rektori vazifasida ham ishlagan. I.Alimdjanov 2018-yildan Toshkent farmatsevtika instituti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

SSV marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.