Putin Liviyadagi keng ko‘lamli harbiy harakatlar to‘xtatilganini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Anqara xalqaro siyosatning ko‘plab asosiy yo‘nalishlari, ayniqsa mintaqa bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Liviyadagi mojaro taraflari Rossiya va Turkiyaning chaqiriqlariga quloq solgani va keng ko‘lamli harbiy harakatlarni to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Liviya davlatchiligini NATO yo‘q qildi - Lavrov

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Anqara xalqaro siyosatning ko‘plab asosiy yo‘nalishlari, ayniqsa mintaqa bo‘yicha samarali ish olib bormoqda. Xususan, Siridagi vaziyatni tartibga solish, Eron yadroviy loyihasi va Liviya mojarosi borasida.

“Ayrim voqealar hozirgacha bo‘lib turganiga qaramasdan, har holda ikki tomon bizning chaqiriqlarimizga quloq soldi”, - dedi Putin Turkiya prezidenti Tayyib Erdog‘an bilan uchrashuv chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan natija Berlinda Liviya bo‘yicha konferensiya uchun zamin hozirlagan. Putin Moskva Germaniya kansleri Angela Merkelning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qilgan, chunki Liviyadagi mojaro barchani xavotirga solmoqda.

Bugun, 19-yanvar kuni Berlinda Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.