O‘zLiDep Abdulla Aripovni bosh vazir lavozimiga taklif qildi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi majlisida bosh vazir nomzodi tasdiqlandi - OAV.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Bugun 18 yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda, partiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Majlisda O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga nomzod etib Abdulla Aripov taklif qilindi. Ma’lumki, O‘zLiDep, saylovda Oliy Majlis quyi palatasiga eng ko‘p ovoz jamlagan partiya sifatida bosh vazir nomzodini taklif qilish huquqiga ega. 

Siyosiy kengash majlisida partiya faollari, saylangan deputatlar, Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, partiyaning hududiy kengashlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etapti. Majlisni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitov olib bormoqda.