Chernobilda hech qanday ikki kallali hayvonlar yashamaydi - O‘zAtom

“O‘zatom” atom energetikasi atrofida tarqalgan, guyoki radiatsiya oqibatida insonlar yoki hayvonlar genlari o‘zgarishi haqidagi vahimalarni inkor qildi.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Bugun Vestminster xalqaro universitetida “O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Energetika vazirligi va “O‘zatom” agentligi vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati. 

Lixachov: xalqaro atom loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qo‘shimcha impuls beradi

Xususan, “O‘zatom” bugungi kunda atom energetikasi atrofida tarqalgan vahimali mish-mishlarni rad etdi. Ana shunday yolg‘on afsonlardan biri – radiatsiya ta’siri natijasida naslda genetik o‘zgarishlar hosil bo‘lishi haqidagi vahimalardir.

Masalan, Chernobil o‘rmonlarida ikki kallali hayvonlar yoki mutantlar yashashi to‘g‘risida afsonalar mavjud. Yoki Yaponiyada Xirosima va Nagasaki shaharlari bombardimon qilingandan so‘ng genetik o‘zgarishlar bilan bolalar to‘g‘ilayotgani haqida afsona mavjud.  

“O‘zatom” taqdim etgan fotosuratlarda Chernobilda ham Yaponiyada ham insonlar yoki hayvonot olamida hech qanday genetik o‘zgarishla qayd etilmgani aks etgan.

“Rasmlardan ko‘rinib turibdiki u yerda hech qanday ikki kallali hayvonlar yashamaydilar. Shuningdek, Keyingi rasmda Yaponiyadagi bombardimonlardan so‘ng yuqori dozadagi nurlanishni olgan ota-onalardan to‘g‘ilgan farzandlarni ko‘rish mumkin va hech qanday genetik o‘zgarishlar mavjud emasligiga ishonch hosil qilish mumkin”, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari anjumanda mutaxassislar atom eletkr stansiyasining afzalliklari va zamonaviy yadroviy texnologiyalarning xavfsizlik darajasi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berishdi.