Abdulla Aripov yangi aviakompaniya tashkil qilish haqida gapirdi

O‘zbekistonda "Humo Air" nomli arzon chiptalar taklif qiluvchi yangi davlat aviakompaniyasi tashkil qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Ayni damda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bosh vazir nomzodi Abdulla Aripov 2020-yil davomida O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil qilinishi rejalashtirilayotganini xabar qildi. 

"O‘zbekistonda Humo Air aviakompaniyasi tashkil etiladi. Prezident Hukumatga bu haqida jiddiy topshiriq berdilar. Biz ushbu vazifani 2020-yil ichida bajaramiz", - dedi bosh vazir nomzodi. 

 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi avia kompaniya davlatga tegishli bo‘lib u dastlab O‘zbekiston ichida keyin xorijiy mamlakatlarga parvozlarni amalga oshiradi. Humi Air  aviakompaniyasi narxlari bugungi mavjud narxlardan pastroq bo‘lishi rejalashtirilgan.