Popda xo‘randa 74 ming so‘m evaziga yemakxona xo‘jayinlarini pichoqlab o‘ldirdi

Xo‘randa ovqatlanish shohobchasidan qarzdor bo‘lgach, yonida puli yo‘qligi sababli garovga qoldirgan telefonini qaytarib olmoqchi bo‘lgan va yemakxona xo‘jainlarini qasddan o‘ldirgan
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Xo‘randa ovqatlanish shohobchasidan qarzdor bo‘lgach, yonida puli yo‘qligi sababli garovga qoldirgan telefonini qaytarib olmoqchi bo‘lgan va yemakxona xo‘jayinlarini qasddan o‘ldirgan. 

Ruhiy kasalxonada o‘zini oynadan tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro tutib qolindi

Qayd etilishicha, asli to‘raqo‘rg‘onlik bo‘lgan, Pop tumanidagi xolasining uyiga mehmonga kelayotgan A.Yangibayev yo‘lda to‘xtab, ovqatlanish shoxobchasiga kirgan. U yerda fuqaro uzoq vaqt ovqatlanib, spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Yeyish-ichish haqi 74 ming so‘mga yetib, yonida to‘lash uchun puli yo‘qligi sababli fuqaro “Redmi” telefonini garovga qoldirgan.

O‘zini boshqara olmaydigan darajada mast bo‘lgan fuqaroni tungi soat 01:00 larda xolasi olib ketgan. Fuqaro xolasinikiga borgach, telefonini garovga qoldirgani unga alam qilgan. U xolasining uyi oshxonasidagi pichoqni olib, ovqatlanish shoxobchasiga qaytib borgan. Zinadan ikkinchi qavatga ko‘tarilayotib, yotoqxonada uxlab yotgan, begona oyoq tovushlaridan uyg‘onib ketgan oshxona egalarining duch kelgan joylariga pichoq bilan urgan. Natijada oshxona egalarining ikkisi ham xo‘randaning qurboniga aylangan.

So‘ng fuqaro tom orqali noma’lum tomonga yashiringan.

Mazkur mudhish jinoyatni sodir etgan A.Yangibayev JKning 97-moddasi 2-qismi (a,v,g,j,i) hamda 219-moddasining 2-qismi bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil 25-yilga ozodlikdan mahrum etildi.