AQSh Rossiya hukumati iste’foga chiqishi yuzasidan izoh berdi

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagus Rossiya hukumati iste’foga chiqishi yuzasidan izoh berdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagus Rossiya hukumati iste’foga chiqishini yuzasidan izoh berdi.

Rossiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqadi - Medvedev

“Biz nima bo‘layotganidan xabardormiz, kuzatib boramiz. Aytishim mumkinki, biz Rossiya fuqarolarining tarafidamiz. Prezident Donald Tramp hukumatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni istashini bir necha bor ta’kidlagan”, - deb ta’kidladi Ortagus.

Shu bilan birga, Ortagus o‘z nutqida hamma narsa "Rossiya rahbarlariga bog‘liqligini" ta’kidlab, AQShning "tashqi siyosatdagi o‘zgarish" talablarini hisobga olishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Dmitriy Medvedev Hukumat iste’fosi haqida Putinning Federal kengashga murojaatidan so‘ng e’lon qildi.

Vladimir Putin Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustinga hukumat rahbarligini taklif etdi.