O‘zbekiston Rossiyaning Sberbank va VTB banklaridan kredit olmoqchi

O‘zbekiston Navoiy kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirish uchun Rossiyadan katta kredit olishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Navoiy kon metatallurgiya kombinati zamonaviylashtirish maqsadida Rossiyaning Sberbank va VTB banklaridan 3,9 milliard dollarga yaqin miqdorda kredit olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda aytib o‘tilgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident qaroriga muvofiq NKMK O‘zbekiston investitsion dasturining 2020-2022 yillardagi rejasiga kiritilgan.

NKMK 2030-yilga qadar Yaponiyaga 1 mlrd dollarlik uran eksport qiladi

Eslatib o‘tamiz, oldin NKMK 2017-2026 yillar ichida umumiy qiymati 27ta loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganini xabar qilgan edi. Ularni amalga oshirish majmuaning ishlab chiqarish quvvatini 30 %ga oshirish hamda qo‘shimcha 31 mingta ish o‘rinlari yaratish imkonini beredi.

Navoiy kon metatallurgiya kombinati Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Qimmatbaho metall ishlab chiqarish hajmi korxonada yiliga 70 tonnani tashkil qiladi. Umumiy qazib olish miqdori 100 tonnaga yaqin.

Bugungi kunda kombinat 4ta metallurgiya zavodlaridan iborat. Navoiyda (KMZ-1), Zarafshonda (KMZ-2), Uchquduqda (KMZ-3) va Zarmetanda (KMZ-4). 2018-yilning mart oyida kombinat Markaziy qizilqumlik hududida Auminza-Amantay oltin konlari asosida beshinchi KMZni qurishga kirishgan edi.

Undan tashqari NKMK O‘zbekiston yana bir eksport mahsuloti bo‘lgan tabiiy uran ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir.