Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishini prognoz qildi

Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan hisobotida mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi taxmin qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik.  Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Ushbu raqamlar Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan joriy yil yanvar oyidagi hisobotida keltirilgan.

Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishini prognoz qildi

Mazkur bankning 2019-yil iyun oyida e’lon qilingan prognozlari bilan taqqoslaganda, O‘zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkichlar ko‘tarilgan. O‘shanda 2020-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 5,5 foizni tashkil etishini prognoz qilgandi.

Hisobotda keltirilishicha, 2021-yilda O‘zbekistonda real YaIM 6 foizga, 2022-yilda ham 6 foizga o‘sadi.