Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligini vaqtincha to‘xtatdi

Ramzan Qodirov vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi bois, 2020-yilning 13-yanvar sanasidan o‘z vakolatlarini topshirgan
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 13-yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga yaroqsizligi tufayli Checheniston rahbari vazifasini vaqtincha bajara olmaydi.

Rossiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqadi - Medvedev

Bu haqdagi farmoyish dushanba kuni imzolangan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Checheniston respublikasi Konstitutsiyasining 76 moddasiga muvofiq, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligim bois, 2020-yilning 13-yanvar sanasidan Checheniston respublikasi rahbarligini bajarishni Checheniston respublikasi hukumat rahbari Xuchiyev Muslim Magomedovichga yuklayman", – deyiladi Checheniston rahbari va hukumati saytida e’lon qilingan hujjatda.

Sal oldin Sputnik radiosi Rossiya prezidenti Putin bosh vazir lavozimiga Federal Soliq Xizmati rahbari Mixail Mishustinga bosh vazir lavozimini taklif qilgan edi.