O‘zbekistonda yirik xalqaro aviaforum o‘tkazish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda xalqaro aviaforumda xorijiy aviakompaniyalar o‘z samolyotlari bilan ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda yirik xalqaro aviatsiya forumini o‘tkazish rejalashtirilgan, deb ma’lum qilindi Sputnik muxbiriga Transport vazirligida.

O‘zbekiston aviakompaniyasi Rossiyadan 3ta samolyot sotib olishi mumkin

Avvalroq OAVda ushbu tadbir fevral oyida bo‘lib o‘tishi va unga dunyoning yetakchi aviakompaniyalari taklif qilinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, forum  o‘tkazish vaqti va ishtirokchilar ro‘yxati hozircha aniqlanmagan.

Barcha taklif qilingan aviakompaniyalar tadbirda o‘z texnikasi bilan ishtirok etadi, deb aniqlik kiritildi vazirlikda.

O‘zbekiston aviatsiya sanoati jadal rivojlanmoqda. Xususan, 2019-yil 1-oktabrdan respublikaning 4 ta shaharida - Nukus, Qarshi, Termiz, Buxoroning xalqaro aeroportlarida "ochiq osmon" rejimi joriy etildi. Bu xorijiy samolyotlarga bu aeroportlarga parvoz cheklovlarini olib tashlashni ko‘zda tutadi.