Grigoran jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan - Bosh prokuratura

Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Taniqli dizayner Nariman Grigoran jasadi ijarada turgan uyidan qotillik alomatlari bilan topilgan, deb xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.

Mashina skoroy pomoshi
Singil rashk tufayli o‘z opasining qotili bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, 2020-yil 14-yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumanida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985-yilda tug‘ilgan A.N. (Nariman Grigoran) ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

"Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda", - deyiladi xabarda.

Natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi kutilmoqda.