Almazbek Atambayevni qamoqda saqlash muddati yana uzaytirildi

Advokat sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qamoqda saqlash muddatini 15-martga qadar uzaytirganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qamoqda saqlash muddatini 15-martga qadar uzaytirdi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev RIA Novostiga ma’lum qildi.

Atambayev yana o‘rnidan turib ketdi. Biroq sud boshqa sababga ko‘ra qoldirildi

“Bugun majlisda ehtiyot chorasi ikki oyga, ya’ni 15-martga qadar uzaytirildi”, - deya ma’lum qilgan himoyachi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqish sudlanuvchilarning advokatlaridan birining betobligi bois boshqa kunga ko‘chirilgan. Keyingi sud majlisi 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Atambayevga tegishli bo‘lmagan mol-mulk xatlovdan chiqarilgani xabar qilingan edi.