To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining birinchi sessiyasida To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining birinchi sessiyasida To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Surxondaryo tarixi dunyo xalqlari tarixining ajralmas qismidir – viloyat hokimi

Qayd etilishicha, sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston prezidenti tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga 3-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Bobolov To‘ra Abdiyevichning nomzodini Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnomani o‘qib eshittirgan.

Nomzod bo‘yicha partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilgan va To‘ra Bobolovning nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan ma’qullangan.

“Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan taklif etilgan Bobolov To‘ra Abdiyevichning nomzodi tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar qilgan edik.