NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

Stoltenberg 9M729 raketasini ishlab chiqilishini "Rossiyaning zamonaviy imkoniyatlarga, shu jumladan zamonaviy yadro quroliga katta mablag‘ sarflash strategiyasining bir qismi", deya atadi.
Sputnik

TOShKENT, 13-yanvar - Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyaga qarashli juda ko‘p muzokaralarga sabab bo‘lgan 9M729 raketasi joylashtirilishiga qarshi joriy yilda javob berdi. Bu haqda N-tv nemis telekanaliga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

Germaniya matbuoti NATOning Rossiyaga hujum qilish "repetitsiya"sini fosh qildi

"Rossiyaning SSC-8 tizimiga kelsak (NATO tasnifida 9M729), biz havodan hujum mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa tizimlari, konvensional qurollar, jangovar tayyorgarlikni oshirish va ogohlantirish vaqtini uzaytirish ustida ishlaymiz", deb aytgan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans mamlakatlari mudofaa vazirlari allaqachon tegishli choralar to‘g‘risida kelishib olishgan.

Stoltenberg 9M729 raketasini ishlab chiqilishini "Rossiyaning zamonaviy imkoniyatlarga, shu jumladan zamonaviy yadro quroliga katta mablag‘ sarflash strategiyasining bir qismi", deya atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO bunga javoban mutanosib mudofaa choralarini ko‘rmoqchi. Shu bilan birga u, alyansning Yevropada yerda joylashtirilgan yadro quroliga ega yangi raketalarni joylashtir niyati yo‘qligini va qurol nazoratini kuchaytirishga intilishi haqida gapirgan.

NATO Rossiya bilan do‘stlashmoqchimi?

Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ortidan NATO ham, 9M729 raketasi - O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomaga zid, deb hisoblaydi, ularning fikricha – go‘yoki bu raketa 500 kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘ta olgani Qo‘shma Shtatlaring ushbu muhim xalqaro shartnomadan chiqishiga sabab bo‘lgan.

Moskva, o‘z navbatida, AQShning shubhalarini bir necha bor rad etdi va 9M729ga qilingan da’volar – bu faqatgina shartnomadan chiqish uchun bahona ekanligini va buning sababi Xitoy chegaralari yaqinida o‘zining o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarini joylashtirish istagi bo‘lganligini ta’kidladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh 9M729 keng jamoatchilikka taqdim etilishidan bir necha yil oldin RSMD shartnomasidan chiqishga qaror qilganligini ta’kidladi.