Buxoroda “Motamsaro ona” haykali o‘rnatildi

Buxoroning Olot tumanida ajdodlar ruhiga hurmat-ehtirom ramzi sifatida xotira xiyoboni barpo etilib, “Motamsaro ona” haykali o‘rnatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Buxoro viloyatining Olot tumanida "Motamsaro ona" haykali bunyod etildi. Bu haqda Madaniyat vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Samarqandda tojik va o‘zbek xalqlari do‘stligi ramzini ifoda etuvchi haykal o‘rnatiladi

Buxoroning Olot tumanida ajdodlar ruhiga hurmat-ehtirom ramzi sifatida xotira xiyoboni barpo etilib, “Motamsaro ona” haykali o‘rnatilgan.

Majmuaning ochilish marosimida tuman mutasaddilari, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, mehnat faxriylari, quruvchilar, jamoatchilik, harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirok etishib, “Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilgan.

Xotira maydonida shuningdek, Ikkinchi jahon urushida mardlarcha halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan olotlik 1605 nafar askarning ism-sharifi bitilgan Xotira kitobi o‘rnatilgan.