TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Avstriya TIV rahbari Aleksander Shallenberg Amerikaning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarini tanqid qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya eksterritorial cheklovchi choralarni qabul qilmaydi.
“Bu noma’qbul”, - deya ma’lum qilgan u “Die Presse” gazetasiga bergan intervyusida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Vazir quvur Yevropani energiya bilan ta’minlashning diversifikatsiya qilishga yordam berishi va Ukraina manfaatini cheklab qo‘ymasligini ta’kidladi.
Shallenberg Vashington uning loyihaga qaratilgan tanqidi iqtisodiy nuqtayi nazarga asoslanishini yashirmayotganligini eslatib o‘tgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” quvurlariga qarshi sanksiyalarni nazarda tutadigan mudofaa budjetini 2020-yil dekabr oyida imzoladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari bu quvurlarni qo‘yishda ishtirok etgan kompaniyalardan zudlik bilan qurilishni to‘xtatishni talab qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurini qurish va ishga tushirish bo‘yicha ishlar 2020-yilning oxiriga qadar yoki kelgusi yilning birinchi kvartaligacha yakuniga yetkazilishi lozim. U Moskva guz quvurni xorijlik hamkorlarni jalb qilmagan holda mustaqil ravishda qurib bitkazinini ta’kidladi.