TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Bayram arafasida poytaxtning Yashnabod tumanidagi “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli uy-joylarni o‘z egalariga tantanali topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Ushbu uylar O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan barpo etilgan.
Bayramona tadbirda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun jami 11 ta 7 qavatli 462 xonadondan iborat ko‘p qavatli uy-joylarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida bayram shukuhi Sergeli tumani 8 qurilish hududida joylashagan yangi turarjoy majmuasiga ham ko‘chdi.
Bu yerda ham 11 ta 7 qavatli 438 xonadondan iborat ko‘rkam uylarning kalitlari harbiy xizmatchilarga tantanali topshirildi.
“Olmos” MFY hududida Mudofaa vazirligi xarbiy xizmatchilari uchun 2018 jami 900 xonadondan iborat 31ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, ushbu uylarning birinchi qavatidan 4 ta bolalar bog‘chasi va 1 ta oilaviy poliklinika ham o‘rin olgan.