TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. AQSh HHK generali va Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Jon Xayten Amerika qurolli kuchlarining Rossiya va Xitoydan ortda qolish xavfi haqida ma’lum qildi.
“Biz misli ko‘rilmagan jadallik bilan harakat qilayotgan Rossiya va Xitoy qanday tezlikda rivojlanayotganini kuzatishimiz lozim”, - dedi u.
U AQSh armiyasi ehtimoliy dushman singari o‘sha sur’atlarda rivojlanishi darkor deb hisoblaydi.
Amerikalik harbiy AQSh armiyasi aksariyat ko‘rsatgichlarga ko‘ra oldinda ekanini aytdi, lekin bu afzallikning, agar dushman “tezroq harakat qilayotgan” bo‘lsa, ma’nosi bo‘lmasligi mumkin.