"Hech vaqo topilmadi". Tramp Rossiya bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘tgan yilning aprel oyida tergov ishi yuzasidan e’lon qilingan hisobot Donald Tramp yoki uning saylovoldi shtabi a’zolari RFning biron bir vakili bilan "til biriktirganligi" fakti bo‘yicha dalillarni topa olmadi.
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp shanba kuni AQSh Rossiya bilan savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yishi zarurligi haqida bayonot qildi.

Zaxarova Rossiya va AQSh munosabatlari rivojidagi to‘siqlar haqida gapirdi

"Fikrimcha, biz Rossiya bilan savdo qila olishimiz kerak. O‘ylashimcha, bu qo‘limizdan keladi. Jodugarlar ovi... tugadi va ular (tergovchilar) 45 million dollar sarflab, hech vaqo topa olishmagach, Rossiya bilan yarashish haqida o‘ylayapman", - deb aytgan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

AQSh shu paytga qadar Rossiyani 2016-yildagi saylovlarga aralashganlikda ayblab kelar edi, ammo Rossiya rasmiylari bu ayblovlarni qat’iy inkor etib keladilar.

FBR sobiq rahbari Robert Muller qariyb ikki yil davomida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida "Rossiya aralashuvi" to‘g‘risida maxsus surishtiruvni olib bordi.

O‘tgan yilning aprel oyida tergov ishi yuzasidan e’lon qilingan hisobot AQSh maxsus xizmatlarining Rossiya nomiga bo‘lgan ayblovlarini tasdiqladi, ammo Donald Tramp yoki uning saylovoldi shtabi a’zolari Rossiya tomonining biron bir vakili bilan "til biriktirganligi" fakti bo‘yicha dalillarni topa olmadi.