Eron Oliy rahbari Boing halokati bo‘yicha tergov natijalarini oshkora e’lon qilishni buyurdi

Kiyevga uchayotgan Boing chorshanba kuni ertalab Tehron aeroportidan uchib chiqqach, qulab tushdi. Hammasi bo‘lib 176 kishi halok bo‘ldi: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘onistondan 167 yo‘lovchi va to‘qqiz ekipaj a’zosi.
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Eronning Oliy rahbari Ali Xumayniy rasmiylarga xato oqibatida urib tushirilgan Ukraina samolyoti halokati bo‘yicha tergov natijalarini e’lon qilishni buyurdi, deya xabar beradi IRIB davlat televideniyesi.

Eron Ukraina samolyotini bexosdan urib tushirganini tan oldi

"Oliy rahbarga mamlakatning havodan hujum mudofaasidagi xatolik haqida xabar berilishi bilan, u ushbu masalani o‘rganish uchun mamlakat Milliy xavfsizlik Oliy kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi va voqea sabablari va tergov natijalari halol va oshkora e’lon qilinishini tasdiqladi", - deyiladi IRIB xabarida.

Kiyevga uchayotgan "Ukraina halqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boing 737-800 borti chorshanba kuni ertalab Tehron aeroportidan uchib chiqqach, bir necha daqiqadan so‘ng qulab tushdi. Hammasi bo‘lib 176 kishi halok bo‘ldi: Eron, Ukraina, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘onistondan 167 yo‘lovchi va to‘qqiz ekipaj a’zosi.

Shanba kuni mamlakat Qurolli kuchlari Ukraina Boing samolyotini tasodifan urib yuborganini, bexosdan inson omili aybdorligi ko‘rsatildi: samolyot Eron harbiy obyekti yaqinida uchayotganda dushman samolyoti deb qabul qilinib urib tushirildi. Eron prezidenti aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi va chuqur afsusdaligini aytdi.