Namanganda terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari emissarlarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan Yangiqo‘rg‘onlik bir nechta fuqarolar qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Namanganda terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Ular terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilish maqsadida qurolli to‘qnashuvlarni davom ettirayotgan hududlarga chiqib ketishni rejalashtirishgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik jihodchi 9-yilga qamaldi

Qayd etilishicha, joriy yilning 7-yanvar kuni Namangan viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari emissarlarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan Yangiqo‘rg‘onlik bir nechta fuqarolar qo‘lga olingan.

Shuningdek, ularning yashash xonadonlari tekshirilganda aloqa vositalari xotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar saqlanganligi va boshqalarga ham tarqatib kelinganligi  ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.