TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Rossiya Hukumati mehnat migrantlari ishlashi mumkin bo‘lgan sohalarda ularning ulushini cheklashga qaratilgan qonun qabul qildi, deb yozmoqda "Rossiyskaya gazeta".
Xususan, 2020-yilda migrantlarga doimiy bo‘lmagan savdo nuqtalarida, bozorlarda, aptekalarda ishlash, magazinlardan tashqarida savdo qilish ta’qiqlanadi.
Alkogol, tamaki savdosi bilan shug‘ullanuvchi magazinlarda chet ellik ishchilar soni korxona umumiy ishchilari sonining 15 %idan oshmasligi kerak.
Sport sohasida xirijiy ishchilar soni 25%dan, avtomobil, yuk va yo‘lovchi transportida – 26%dan oshmasligi kerak.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida migrantlar soni 80%dan oshmasligi kerak. Buratiya, Amur va Moskva viloyatlarida ushbu sohalarda migrnatlar soni bo‘yicha cheklov yo‘q, lekin Dog‘istonda – 50%li cheklov o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning ayrim hududlarida migrantlar jamoat transportida haydovchi bo‘lib ishlashi ta’qiqlangan: masalan Yoqutiston o‘lkasi va Chelyabinsk viloyatida.