Tramp Erondagi 52 ta nishonga zarba berish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Tehron amerikaliklarga yoki AQSh obyektlariga hujum qilsa, Erondagi 52 ta obyektga zarba berilishidan ogohlantirdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 yanv – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp agar Tehron amerikaliklarga yoki AQSh obyektlariga hujum qilsa, Erondagi 52 ta obyektga zarba berilishidan ogohlantirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya Davlat dumasida Sulaymoniy o‘ldirilishi yuzasidan munosabat bildirildi

“Bu ogohlantirish bo‘lsin, agar Eron amerikaliklar yoki AQSh obyektlariga zarba bersa, biz Eron tomonidan uzoq yillar avval garovga olingan 52 kishini Erondagi 52 ta nishonni tanladik”, - deb yozgan Tramp tvitterda. 

AQSh prezidenti aytishicha, tanlangan ba’zi obyektlar Eron hamda uning madaniyati uchun juda ahamiyatli obyektlar hisoblanadi.

“Biz bu nishonlarga, Eronga tez va juda kuchli zarba beramiz. AQSh boshqa tahdidlarni eshitishni istamaydi!”, deya qo‘shimcha qilgan Tramp.

Shuningdek, AQSh prezidenti Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari, general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi uchun  o‘ch olish Tehron tahdidlarini tanqid qilgan.

Tramp garovga olingan 52 kishini eslaganda, 1979-yil AQShning Tehrondagi elchixonasida yuz bergan voqeani nazarda tutgan. O‘shanda eronlik isonchilar guruhi AQSh elchixonasidagi o‘nlab odamlarni garovga olgan. Ulardan ba’zilarini tezda ozod qilishga muvaffaq bo‘lingan, biroq 52 kishi faqat 1981-yilga kelib ozod qilingan.