Endi rasman: Niderlandlar "Gollandiya" nomidan voz kechdi

Hukumatga ko‘ra, bunday choralar joyning narkotik va fohishabozlik bilan bog‘liq obrazidan xalos bo‘lishiga yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. "Gollandiya" 1-yanvardan boshlab Niderlandlar davlatini belgilovchi nom sifatida rasman bekor qilindi. Bu haqda NOS radiostansiyasi xabar bermoqda.

Niderland hukumati Gollandiya degan nomdan voz kechdi

Mahalliy hukumat, oliygohlar, xususiy kompaniyalar, shuningdek, bosma nashrlar endilikda "Niderlandlar" nomidan foydalanishlari lozim. Hukumatga ko‘ra, bunday choralar ushbu joyning narkotik va fohishabozlik bilan bog‘liq obrazidan xalos bo‘lishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, mahalliy hukumatga ko‘ra, bu qaror turistik oqimni qayta taqsimlaydi, negaki ayni vaqtda turistlarning aksariyat qismi aynan tarixiy Gollandiya - Amsterdam, Xarlem va Gaagaga keladilar - va bu shaharlar turistlar oqimini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Mamlakat nomini qayta isloh qilish qirollik budjetiga 200 ming yevroga tushadi.

RIA Novosti xabarida ta’kidlanishicha, Amsterdam hukumati shuningdek, "Qizil chiroqlar kvartali" atamasidan ham voz kechmoqchi. Odatiy nom shahardagi ko‘rsatkichlardan to‘liq olib tashlanishi, uning o‘rnini esa tumanning tarixiy nomi bo‘lmish "De Vallen" yoxud "Shahar markazi" egallashi kutilmoqda.

Ilgariroq Niderlandlar ikkinchi nomdan imij uchun voz kechayotgani haqida xabar bergan edik.