UzAuto Motors fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ko‘pgina ogohlantirishlarga qaramay fuqarolarga yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan ularning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan firibgarlarlik holatlari hali hamon uchrab turibdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda avtomobil sotib olish uchun pul to‘lagan fuqarolar bir haftadan buyon avtosalonda tunayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi ushbu xabar yuzasidan bayonot berdi.

UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Diyora orzu trans” MChJ UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy dileri emas.

Hozirda ko‘pgina ogohlantirishlarga qaramay firibgarlarning turli lizing va kredit tashkilotlari ko‘rinishida xaridorlarga avtomobil taklif qilib, ularni chuv tushirish holatlari kuzatilmoqda.  

UzAuto Motors yangi avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlardan ogoh bo‘lishni hamda faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishni so‘ragan. Rasmiy dilerlarning to‘liq ro‘yxati bilan kompaniya rasmiy saytida tanishish mumkin.