Shvetsariya kompaniyasi 160km qolganda “Shimoliy Oqim-2”ni qurishni to‘xtatdi

Umumiy uzunligi 2460 kilometr bo‘lgan “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurib bitkazilishiga 160km qolganda Shveysariya kompaniyasi loyihani tark etdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Shvetsariyaning Allseas kompaniyasi “Shimoliy Oqim-2” gaz quvuri qurishni eng so‘nggi 160km qolganda to‘xtatdi va uni yangilashni rejalashtirmagan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yilga davlat mudofaa budjetini imzolagan edi. Unda jumladan “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” loyhalarida ishtirok etayotgan kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritish ham nazarda tutilgan.

Novak: sanksiyalar “Shimoliy oqim-2”ni qurishga to‘sqinlik qila olmaydi

AQSh ultimatumida yuqoridagi loyihalarda ishtirok etayotgan kompaniyalar 20-yanvargacha o‘z faoliyatini yakunlari kerak deyilgan bo‘lsada, Allseas o‘z faoliyatini darhol to‘xtatgan.

Ayni damda “Shimoliy oqim-2” gaz quvurining 2460 kilometridan 2300 kilometri qurib bitkazilgan.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev aytishiga qaraganda, Rossiyada ushbu loyihani yakuniga yetkazish uchun o‘z quvur yotqizuvchi kemalari borligini va loyiha baribir 2020-yilda qurib bitkazilishini aytib o‘tdi. Xususan, “Gazprom” kompaniyasiga qarashli "Akademik Cherskiy" kemasi ayni damda Naxodjka portida turibdi.

Ma’lumot uchun, “Shimoliy oqim-2”, loyihasi Boltiq dengizi tubida Rossiyadan Germaniyagacha quvvati 55 milliard kubometr bo‘lgan gaz o‘tkazgich qurishni rejalashtirgan. Ayni damda ushbu loyihaga qarshi AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari qarshi bo‘lmoqda.