Harbiy sportchilar O‘zbekiston prezidenti nomidan taqdirlandi

Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari 2019-yil davomida respublika va xalqaro miqyosdagi chempionat hamda musobaqalarda jami 800 ta medalni qo‘lga kiritgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston harbiy sportchilari mamlakat prezident nomidan taqdirlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Sportchilar mamlakat sportini dunyoga tanitishda, erishilgan yuqori natijalari, Qurolli Kuchlar nufuzini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlangan.  Tantanada Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.

Harbiy sportchilar O‘zbekiston prezidenti nomidan taqdirlandi

Leytenant harbiy unvoni topshirilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Bektemir Meliqo‘ziyev, leytenant harbiy unvoni topshirilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Mirazizbek Mirzaxalilov, Yaponiyada o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziyani qo‘lga kiritgan Nikita Rafalovich va Adhamjon Ergashev, “Turkish open” hamda “Rossiya open” xalqaro turnirlarining g‘olibasi Nigora Tursunqulovalar taqdirlangan.

Harbiy sportchilar O‘zbekiston prezidenti nomidan taqdirlandi

Shuningdek, jiu-jitsu sport turi bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixida ilk jahon chempioni bo‘lgan mayor Anvar Muqimov taqdirlangan.

Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari 2019-yil davomida respublika va xalqaro miqyosdagi chempionat hamda musobaqalarda jami 800 ta medalni qo‘lga kiritgan, shundan 265 tasi xalqaro turnirlarda erishgan g‘alabalari natijasidir.

Xalqaro maydonda ham tan olingan sportchilar poytaxtdagi 102-maxsus maktab internat o‘quvchilariga o‘zlarining sovg‘alarini topshirdilar.