Donbassda DXR va Kiyev o‘rtasida asirlarni almashish yakunlandi

Asirlarni almashtirish jarayonini Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va YeXHT vakillari kuzatishgan. Bu ikki yil ichidagi birinchi asirlarni almashtirish.
Sputnik

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donesk xalq respublikasi va Kiyev Donbassda asirlarni almashishni yakunlashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

DXR 60 nafar, Kiyev esa 52 nafar asirni qabul qilib olgan. Doneskka yana bir nechta respublika tarafdorlarini olib kelish kutilmoqda. Hozir DXR va Ukraina harbiylari avtobuslarda va shahar chekkasidagi Gorlovka nazorat-o‘tkazish punkti hududini tark etishga tayyor.

“Normand to‘rtligi” Parijda nimalar haqida kelishib oldi?

Biroz avval Lugans xalq respublikasida ham almashish o‘z nihoyasiga yetgandi. Kiyev respublikaga 63 nafar, Lugans esa 25 nafar kishini berdi. Shu bilan birga 9 kishi LXR hududiga qaytishdan bosh tortgan.

Asirlarni almashtirish jarayonini Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va YeXHT vakillari kuzatishgan.
Bu ikki yil ichidagi birinchi asirlarni almashtirish. Avvalroq DXR Kiyevga 55 kishini berish va 87 nafar o‘zining tarafdorlarini olishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.