Sergey Lavrov O‘zbekistonga keladi - TIV

Zdanie MID Uzbekistana
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida ma’lumot berdi
Sputnik

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. 2020-yilning 12-13-yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Lavrov: Rossiya otvetit na amerikanskie sanksii protiv Severnogo potoka – 2
Sergey Lavrov: Rossiya AQShning tajovuzkor hujumlariga javob qaytaradi

"Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda", - deyilgan xabarda.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (universitet) Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash ham rejalashtirilmoqda.