Mirziyoyev prezident sifatida muxolifatga qarshi emasligini aytdi - OAV

Prezident Shavkat Mirziyoyev oppozitsiyaga qarshi emasligini, biroq u O‘zbekistonda shakllanishi kerakligi haqida fikr bildirgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning yangi binosida yoshlar bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat borasida fikr bildirib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

O‘zbekiston prezidenti yoshlarga murojaat qildi

Xabarga ko‘ra, davlat rahbari oppozitsiyaga qarshi emasligi, ammo u chetdan kirib kelishini yoqlamasligini bildirgan.

"Internetda muxolifat haqida gap ketapti. Menga ham "Oppozitsiya yo‘q", deb aytishadi. Oppozitsiya nima u? U qanday foyda beradi?
U shu yerda bo‘lishi kerak. Qanday qilib chetdan keladi? Bu yerning shart-sharoiti, muhitini bilmaydi. Albatta, men prezident sifatida muxolifatga qarshi emasman. Lekin u o‘zimizda shakllanishi kerak, buning uchun shu yerda muhit yaratilishi kerak. Toki u odamlarning muammolarini bilsin, shu yerda non yeb, shu yerda suv ichgan bo‘lsin", – degan Mirziyoyev.

Sodiq Safoyev O‘zbekistonda muxolifat partiyalar ildiz otayotganiga ishora qildi >>>

Prezident xorijdan keladigan muxolifatga qarshiligini ta’kidladi, deb yozadi nashr.