TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Amerika strategik droni Qrim yarimoroli chegaralarida razvedka o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda PlaneRadar monitoring resursi.
AQSh HHKga qarashli, bort raqami 11-2048 bo‘lgan, FORTE10 kod signaliga ega, RQ-4B-40 Global Hawk droni Sitsiliya orolidagi NATO aviabazasidan osmonga ko‘tarilgan, Donbassdagi chegara chizig‘ida monitoring o‘tkazib, shundan so‘ng Rossiyaning qora dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab razvedka parvozini amalga oshirgan.
Chet el uchish apparatlari Rossiya chegarasi yaqinida muntazam razvedkani amalga oshiradilar. Ularni ko‘pincha Qrim va Krasnodar o‘lkasi hududlarida, Boltiq dengiz ustida va Suriyadagi Rossiya bazalari atrofida qayd etishadi.
Mudofaa vazirligi ko‘p marotaba amerika qo‘mondonligini bu singari razvedka operatsiyalarini to‘xtatishga chaqirgan, biroq Pentagon bu chaqiriqni rad etib kelmoqda.