Qozog‘istonda 28-dekabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev 2019-yil 28-dekabr kuni aviahalokat qurbonlarining xotirasi uchun milliy motam kuni deb, e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev 2019-yil 28-dekabr kuni aviahalokat qurbonlarining xotirasi uchun milliy motam kuni deb, e’lon qildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

O‘zbekiston TIV Qozog‘istonda yuz bergan aviahalokat yuzasidan bayonot berdi

IIV halokatda 12 kishi halok bo‘lgani va 49 kishi jarohatlanganini rasman ma’lum qildi.

Bugun Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Qozog‘istonning Olma-ota shahri aeroportidan havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchragan. Fokker-100 samolyoti Z2100 reysi bo‘yicha Olmaotadan Nur-Sultonga uchayotgan edi. Samolyot bortida 95 yo‘lovchi va ekipajning besh nafar a’zosi bo‘lgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.